YANGILIKLAR

BMT mutaxassislari O‘zbekistonni MDHdagi eng baxtli davlat deb topdi

O‘zbekiston jahonning eng baxtli davlatlari reytingida 49-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT buyurtmasiga asosan tayyorlangan World Happiness Report 2016 hisobotida aytildi, deb xabar bermoqda UzDaily. BMTning barqaror rivojlanishni ta’minlash usullari bo‘yicha tarmog‘i hisobotidan dunyo davlatlarining baxt indeksi ham o‘rin oldi. Reytingga jami 158 davlat kiritildi. Uni tuzishda iqtisodiyot, psixologiya, statistika va boshqa sohalar mutaxassislari ishtirok etdi. […]

Turkiyada o‘rnatilgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi maketining fotosurati birinchi marta ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi

Turkiyaning Eskishehir shahridagi “Esminyaturk” Sazova bog‘ida “Turk dunyosi jamg‘armasi” jamoat tashkiloti tarafidan o‘rnatilgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi maketining fotosurati jamg‘armaning Facebook’dagi sahifasida chop etildi. San’at asarining fotosurati birinchi marta ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi. “Turk dunyosi jamg‘armasi” (Türk Dünyası Vakfı) jamoat tashkiloti Sharq mamlakatlarining madaniy merosini o‘rganish va asrash bilan shug‘ullanib keladi. 2015-yilning o‘rtalarida jamg‘arma tarafidan Eskishehir shahrida […]

“Turkiston” san’at saroyida milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 12—13-mart kunlari “Turkiston” san’at saroyida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ko‘rgazma tashkilotchilari “Daryo” nashriga ma’lum qildi.   Bu ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tashrif buyuradigan usta-hunarmandlar o‘zlarining ajoyib ijod mahsulotlarini namoyish qiladi. Ko‘rgazmada Marg‘ilon shohi matolari va adraslari, Shahrixonning mashhur damashqiy pichoqlari, Samarqand ustalarining zardo‘zi va patdo‘zi uslubidagi […]

G‘oliblar Hindistonga boradi

Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan “Jangoh” sport saroyi yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qildi. Sportning an’anaviy karate-do turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston an’anaviy karate-do federatsiyasi tashabbusi bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Kamolot” yoshlar […]

Qaynoq yurak ustidagi “O’zbekiston belgisi” muborak, aziz yoshlar!

“Bugun yoshlar katta kuch bo’lib hayotga kirayapti. Men ularga o’zimga ishongandek ishonaman”, deya yurtimiz yoshlariga prezidentimiz tomonidan berilgan e’tirof, bildirilgan ishonch kun sayin o’z isbotini topayapti. Fan, ta’lim, madaniyat, sport, san’at, sog’liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo’jaligi, huquq va harbiy sohalarda tahsil olayotgan, faoliyat yuritayotgan, bilim va tashabbuslari bilan yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar hukumatimiz tomonidan munosib […]

O‘zbekistonda 2016-yil Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilindi

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan […]

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz