YANGILIKLAR

O’zbekistonning yetti mo’jizasi

ZiyoNET resurs markazi «O’zbekistonning yetti mo’jizasi» aktsiyasini o’tkazdi. Ushbu aktsiya uchun mamlakatimizdagi 374 diqqatga sazovor joy tanlab olindi, deb xabar beradi Infocom.uz sayti. Eng ko’p ovoz olgan yettita obekt rasmiy ravishda «O’zbekistonning yetti mo’jizasi» sifatida e’lon qilindi. Bular: Registon ansambli (Samarqand) I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston san’at muzeyi (Nukus) Toshkent teleminorasi (Toshkent) Simpoziumlar saroyi (Toshkent) Mirzo Ulug’bek […]

Dizayner Dildora Qosimova Kashmir nomli liboslar to‘plamini namoyish etdi (fotogalereya)

Dizayner Dildora Qosimova Kashmir nomli liboslar to‘plamini 30-oktabr, yakshanba kuni taqdim etdi, deb yozadi My Day. Hindcha elementlar, o‘zbek baxmali, yorqin atlas, qora to‘rlar va ajoyib aksessuarlar — bularning barchasini namoyishda ko‘rish mumkin bo‘ldi. “Dizayner Kashmirning nafis va hushbo‘y iforidan ilhomlangan holda o‘z to‘plamida, zamonaviy tendensiyalar va o‘zbek matolarining uyg‘unlashuviga asoslangan zamonaviy ko‘rinishlarni aks ettirgan”, […]

Andijonlik Maftuna Abdumuxtorova xalqaro festival sovrindori bo‘ldi

Joriy yil 10-15-oktabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan an’anaviy “Mug‘om” xalqaro festivalida Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Maftuna Abdumuxtorova 3-o‘rinni egalladi. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, navqiron avlod iste’dod va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun zamonaviy sharoit yaratishga qaratilgan alohida e’tibor samarasida yoshlarimiz […]

Oydinoyning milliy qo‘g‘irchoqlari

Farg‘ona shahridagi “Oydinoy qo‘g‘irchoqlari” oilaviy korxonasida milliy mato va boshqabuyumlardan qo‘g‘irchoq tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Korxona rahbari Oydinoy Burhonovaning aytishicha, tabiiy xomashyodan yasalgan qo‘g‘irchoq salomatlik uchun bezarar. Ayniqsa, egnidagi atlas matosi, sochlarining o‘rimi va boshidagi do‘ppisi yarashib turgan bejirim milliy qo‘g‘irchoq qiyofasi bola psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Korxonada tayyorlanayotgan “Zumrad va Qimmat”, “Bo‘g‘irsoq”, “Ur to‘qmoq”, “Fil va xo‘roz”, “Maqtanchoq quyon”singari […]

«Bolalarning texnik ijodkorligi» festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Rahmatilla Mahmudov Norin tumanidagi 40-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. «Yosh fiziklar» to‘garagiga qatnovchi bu yigitcha mo‘jaz changyutkich, raketa modelini yaratdi. Navoiylik Firdavs Shomurodov yasagan minirobot murakkab sanoat hududlari, konlarda bemalol harakatlanib, obyektlarni tasvirga tushirsa, andijonlik Latifjon Mannopov tayyorlagan sensor klaviaturali musiqa asbobidan ajib kuy taraladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Bolalarning texnik ijodkorligi» festival-tanlovi yurtimizning […]

O‘zbekistonda 2020-yilgacha elektrlashtirilgan temir yo‘llar ulushi 51 foizga yetadi

O‘zbekiston 2019-yil oxirigacha elektrlashtirilgan temir yo‘llar ulushini 51 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda 2015—2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida 9,8 milliard dollarlik 150 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Dasturga muvofiq, elektrlashtirilgan temir yo‘llar ulushini 34 foizdan 51 foizgacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Namanganda litsey o‘quvchisining uchinchi kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Namangandagi “Kitob olami” markazida “Do‘stlik” akademik litseyi o‘quvchisi Shahribonu Yoziyevaning “Asrlarga teng yillar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. To‘plam turli mavzularni qamrab olgan ilmiy-ommabop maqolalardan iborat. Ulardan ayrimlari xorijda, jumladan, AQSh, Avstriya, Rossiya va Ukrainadagi nashrlarda ham chop etilgan. O‘quvchi yaqinda Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Medalingrad” tanlovida “Badiiy ijod” nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi. Shahribonuning bundan tashqari yana ikkita […]

InfoLib–2016 Milliy axborot-kutubxona haftaligi yakunlandi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida InfoLib–2016 Milliy axborot-kutubxona haftaligida faol qatnashgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga turli vazirlik va idoralar, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etildi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. Xo‘jayev tadbirda chiqish qildi. Haftalik doirasidagi “ZiyoNET ta’lim tarmog‘i doirasida masofaviy o‘quv vositalari” taqdimotida yoshlar, o‘qituvchilar o‘ndan ortiq […]

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasi g‘oliblari Sherali Jo‘rayev ishtirokida taqdirlandi

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi”ni aniqlash bo‘yicha aksiya bayram tadbiri bilan yakunlandi. Marosim Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida InfoLib–2016 Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘iyosiddin Rajabov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Tolibjon Mirzaqulov, UZINFOCOM markazi direktori G‘ayratxo‘ja Saydaliyev mazkur aksiyaning tarixiy, madaniy va […]

«Oltin kuz» xalqaro san’at festivali boshlandi

Madaniyat, san’at va adabiyot vositasida xalqlarning ma’naviy bisoti boyiydi, do‘stlik rishtalari mustahkamlanadi. O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Oltin kuz» xalqaro san’at festivali ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. Festival 28-oktabrdan 3-dekabrgacha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tadi. Ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu san’at forumi O‘zbekiston va jahon san’atini o‘zaro […]

Buxoroda “Kamolot” g‘unchalari” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Buxoroda maktab o‘quvchilari o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha “Kamolot” g‘unchalari” II respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Badiiy gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa ochilishida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning sport bilan […]

Navoiydagi meva-sabzavot yarmarkasida 15 mlrd so‘mlikdan ziyod shartnomalar imzolandi

Navoiyda o‘tkazilgan meva-sabzavot yarmarkasida 300 dan ortiq fermer xo‘jaligi, agrofirma va qayta ishlovchi korxonalar 25 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etdi. — Joriy yildan xorijga dukkakli mahsulotlar yetkazib berishni boshladik, — deydi Xatirchi tumanidagi “Xatirchi oziq-ovqat” agrofirmasi direktori Ochil Suyarov. — Ayni paytda Hindistonga 100 tonna mosh sotish bo‘yicha imzolangan shartnoma asosida ish olib […]

“Bizning meros” turkumidagi ko‘rgazmada O‘zbekiston xalq rassomi Ne’mat Qo‘ziboyev ijod namunalari namoyish etildi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Bizning meros” turkumidagi navbatdagi badiiy ko‘rgazmada O‘zbekiston xalq rassomi Ne’mat Qo‘ziboyev ijod namunalari muxlislar e’tiboriga havola etildi. Ne’mat Qo‘ziboyev san’at olamiga XX asrning 50-yillarida kirib kelgan. Oliy ta’lim dargohida tahsil olayotgan kezlaridanoq o‘z asarlari bilan ko‘rgazmalarda faol qatnasha boshlagan. Ijodiy faoliyatini badiiy ta’lim bilan chambarchas bog‘lagan ustoz-musavvir umrining so‘nggi […]

O‘zbekistonlik ayol SOS Kinderdorf International mukofoti bilan taqdirlandi

“O‘zbekistonning SOS bolalar qishloqlari” Toshkent filiali SOS-onasi Aziza Muhitdinova 21-oktabr kuni Bokuda bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda SOS faxriy tilla uzugi bilan taqdirlandi. Mukofotni SOS Kinderdorf International mintaqaviy direktori Sedlar Zdenko topshirdi. SOS Children’s Villages International xalqaro bolalar qishloqlari uyushmasining “Tilla uzuk” mukofoti 10 yil davomida bolalarni tarbiyalab, ularga mehribonlik ko‘rsatadigan SOS-onalarga minnatdorlik va hurmat ramzi […]

O‘zbekiston xayr-saxovat bo‘yicha dunyo reytingida 11-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dunyo xayr-saxovat reytingida (World Giving Index) 11-o‘rinni egalladi. Reyting Charities Aid Foundation (CAF) xayriya jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan. CAF jamg‘armasi dunyoning 140 ta mamlakatida inson saxiyligi va yaqinlarga yordam berishga tayyorligini o‘rganib chiqdi. Bunda kishilarning turli xayriya loyihalariga pul berishga va volontyorlik ishi bilan tekin shug‘ullanishga tayyorligi, qolaversa shunchaki begona insonga yordam berishga — […]

Euronews Xo‘ja Doniyor maqbarasi haqidagi lavha namoyishini boshladi (video)

Euronews O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosini Postcards turkumidagi ko‘rsatuvlar orqali namoyish etishni davom ettirmoqda. 25-oktabr, seshanba kunidan e’tiboran telekanalda “O‘zbekistondan otkritkalar” dasturining beshinchi lavhasi efirga uzatiladi. “Xo‘ja Doniyor maqbarasining siri” deb nomlangan lavha namoyishi 30-oktabrgacha davom etadi.

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz