Davlat mukofotlari va unvonlari

54edb21daa1ee«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni.«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi.

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaxsga «Oltin Yulduz» medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat topshiriladi.


«Mustaqillik» ordeni«Mustaqillik» ordeni. «Mustaqillik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni ta‘minlashga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar.

«Mustaqillik» ordeni bilan ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.


«Amir Temur» ordeni«Amir Temur» ordeni. «Amir Temur» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me‘morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san‘atni, shu jumladan harbiy mahoratni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. «Amir Temur» ordeni bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qo‘shganlik uchun ham taqdirlanadilar.

«Amir Temur» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.


«Jaloliddin Manguberdi» ordeni«Jaloliddin Manguberdi» ordeni. Ushbu orden bilan qahramonlik va jasorat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.

«Jaloliddin Manguberdi» ordeni bilan mamlakatimiz mustaqilligini, Vatan sarhadlarini himoya qilishda qahramonlik va jasorat ko‘rsatgan harbiyxizmatchilar mukofotlanadilar.

«Davlat mukofotlarito‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, «Jaloliddin Manguberdi» ordeni bilan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar, harbiy bo‘linmalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy birliklari ham taqdirlanishi mumkin.


54edb94cbab4f«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni.Ushbu orden bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo‘shganligi uchun taqdirlanadilar.

«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va ordenni topshirish «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


54edbe7f74d5a«El-yurt hurmati» ordeni. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma‘naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

«El-yurt hurmati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.


54edc07cc2b3c«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni. «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta‘minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste‘dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.


54edc11c84613«Mehnat shuhrati» ordeni. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar.

Mustasno hollarda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

 


54edc25e8a9da«Sog‘lom avlod uchun» ordeni (birinchi darajali). «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta‘minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar.

«Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.

«Sog‘lom avlod uchun» ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi.


54edc554e1065«Sog‘lom avlod uchun» ordeni (ikkinchi darajali). «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta‘minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar.

«Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.


 

54edc6a3d360b«Shon-sharaf» ordeni (birinchi darajali).«Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta‘minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.

Mustasno hollarda «Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

«Shon-sharaf» ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi.


54edca1c05d04«Shon-sharaf» ordeni(ikkinchi darajali). «Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta‘minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.

Mustasno hollarda «Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.


«Do‘stlik» ordeni.«Do‘s54edcad11bc8ftlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun mukofotlanadilar.

«Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.


54eec84515c6a«O‘zbekiston Respublikasi san‘at arbobi» unvoni. Faxriy unvoni yuksak badiiy asarlar yaratgan, respublikada adabiyot va san‘atni rivojlantirishda, ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan rejissyorlarga, bastakorlarga, dirijyorlarga, baletmeysterlarga, musiqa, xor, raqs va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga, madaniyat va san‘at o‘quv yurtlarining muallimlariga, rang tasvir, naqqoshlik, o‘ymakorlik, gilamdo‘zlik va xalq ijodiyotining boshqa turlarida yuksak asarlar yaratgan xalq ustalariga beriladi.

 


54eec8c624140«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» ordeni. Faxriy unvoni olimlarga fan va texnika sohasidagi g‘oyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targ‘ib va joriy etishdagi, respublika xalq xo‘jaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi.

 

 

 


54eecd17d8f70«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» unvoni.Faxriy unvoni atoqli tasviriy san‘at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy–dekorativ, teatr va kino san‘atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

 

 

 


54eecd6bbd218«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» unvoni. Faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san‘atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste‘dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi.

 

 

 


54eecdb014eb8-1«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» unvoni. Faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, respublikada va uning sarhadlaridan tashqarida mashhur bo‘lgan yuksak she‘riy asarlar yaratgan shoirlarga beriladi.

 

 

 


54eece06d5ab0«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» unvoni. Faxriy unvoni bolalar va yoshlarga ta‘lim hamda tarbiya berishda, xalq ta‘limini rivojlantirish ishida alohida xizmat ko‘rsatgan barcha turdagi umumta‘lim maktablarining o‘qituvchilariga, oliy o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlarining muallimlariga, xalq ta‘limi tizimidagi o‘quv-tarbiya, uslubiyat va boshqa muassasalarining xodimlariga beriladi.

 

 


54eece5156d91«O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» unvoni.Faxriy unvoni qo‘shiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, O‘zbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-she‘riy san‘atning an‘anaviy shakllarini o‘zlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targ‘ib qilganligi uchun beriladi.

 

 

 


54eecea842178«O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim» unvoni.Faxriy unvoni uy-joy kommunal xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, birlashma, tashkilot va muassasalarining aholiga xizmat ko‘rsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

 

 


54f05f9ddc316«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi»unvoni. Faxriy unvoni aloqa vositalarini rivojlantirish va takomillashtirishda, respublika xalq xo‘jaligiga va aholisiga aloqaning barcha turlari bilan namunali xizmat ko‘rsatish ishini tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimlariga beriladi.

 

 

 


54f0602801948«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni. Faxriy unvoni respublikada san‘atni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan teatr, kino, estrada, tsirk, televidenie va radio eshittirish artistlari va rejissyorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijyorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladi.

 

 


54f06c2da8158«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoni. Faxriy unvoni yoshlarga kasb mahoratini o‘rgatishda, mehnatga halol va vijdonan munosabatni, yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq xo‘jaligi xodimlari va mutaxassislariga beriladi.

 

 

 


54f06cec2e8da«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoni. Faxriy unvoni gazeta va jurnallar tahririyatlarining, televidenie va radio eshittirish, axborot agentliklarining matbuotni rivojlantirishda katta xizmat, ijodda va tashkilotchilik faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan jurnalistlariga, nashriyotlar, boshqa tashkilotlarning ana shunday xodimlariga beriladi.

 

 


54f06d4baa62c«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» unvoni. Faxriy unvoni suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy–tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi ob‘ektlarini qurish hamda ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan va suv xo‘jaligini hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

 

 


54f06dcada560-1«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator» unvoni. Faxriy unvoni xalq xo‘jaligiga joriy etilgan va katta iqtisodiy samara bergan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga, shuningdek ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirishda, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi.

 

 


54f06f4e5a351«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi»unvoni. Faxriy unvoni xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga beriladi.

 

 

 


54f06e8877134«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni. Faxriy unvoni madaniy-ma‘rifiy muassasalar, televidenie, radio, matbuot, nashriyotlar, tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash xodimlariga, shuningdek madaniyatni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi.

 

 

 


54f6b2309c23f«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me‘mor» unvoni. Faxriy unvoni milliy me‘morchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq me‘morchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada me‘morchilik yodgorliklarini ta‘mirlash sohasida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali me‘morlarga beriladi.

 

 


54f6b2a29a108«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» unvoni. Faxriy unvoni jamoa, aktsiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi.

 

 

 


54f6b2f1708d1«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» unvoni.Faxriy unvoni jamoa, aktsiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi.

 

 

 


54f6b7631987c«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» unovoni.Faxriy unvoni sanoat birlashmalari va korxonalarining, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining respublika sanoatini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

 

 

 


54f6b7c27eb4c«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» unvoni. Faxriy unvoni ilmiy-tadqiqot, davolash-profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va farmatsevtika muassasalarining sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda va tibbiy xizmatni tashkil etish hamda respublika aholisi sog‘lig‘ini muhofaza qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shu jumladan o‘rta va kichik tabaqa tibbiy xodimlariga beriladi.

 

 


54f6b84788191O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» unvoni. Faxriy unvoni Olimpiada va Osiyo o‘yinlarining, jahon, Osiyo chempionatlarining, birinchiliklarining, A guruhidagi boshqa xalqaro musobaqalarning, Olimpiada oldi o‘yinlari yoki nogironlar umumjahon chempionatlarining chempionlari va sovrindorlarini tayyorlagan, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan sport ustozlariga beriladi.

 

 


54f6b8d3d5bab«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni. Faxriy unvoni jahon chempionlari hamda rekordchilariga, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga, shuningdek sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan boshqa sportchilarga beriladi.

 

 

 


54f6b93e6ae71«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi» unvoni.Faxriy unvoni avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo, shahar transporti, yo‘llar qurilishi va ulardan foydalanish, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlarining, shuningdek boshqa transport korxonalarining respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yo‘llar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

 


54f6d5ac7e5ed«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta‘limi xodimi» unvoni. Faxriy unvoni barcha turdagi umumta‘lim maktablarining, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalarning, o‘qituvchilar malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq ta‘limini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek xalq ta‘limi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi.

 


 

54f6d61ae92d2«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» unvoni. Faxriy unvoni havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini o‘zlashtirishda, aholiga va respublika xalq xo‘jaligiga namunali xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladi.

 

 

 


54f6d66cd7ffb«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador» unvoni.Faxriy unvoni jamoa, aktsiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, shuningdek o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan xodimlariga beriladi.

 

 

 


54f6d6c981f4a«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist»unvoni.Faxriy unvoni qonunchilikni rivojlantirishda, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda, xalq xo‘jaligida huquqiy ishni yaxshilashda, huquq fanlarini rivojlantirish va yuridik kadrlarni tayyorlashda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali yuristlarga beriladi.

 

 

 


54f6d7131f6c1«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi» unvoni.Faxriy unvoni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sohasining, qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

 

 

 


54f6d75ee72d0«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» unvoni. Faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz