Ertalabki osh

Osh

Ertalabki osh marosimi to`y (sunnat to`yi yoki nikoh to`yi) va aza ma`rakasida (o`limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o`tkaziladi. To`yni o`tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo`mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo`shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to`g`rash» marosimi o`tkaziladi, unga odatda qo`shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to`g`rab bo`linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to`g`rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o`rtiasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namoziningtugashi paytigacha tayyor bo`lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo`ladi. Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog`ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi.

Mehmonlar dasturxonga o`tirib, fotiha o`qiganlaridan keyin ularga non va choy tortiladi. Shundan keyingina laganlarda ikki kishiga birlagan hisobidan osh olib kelinadi. Ovqatdan keyin laganlar olib quyiladi, mexmonlar yana fotiha o`qib, mezbonga minnatdorchilik bildirib ketadilar. Ular ketganidan keyin dasturxon tezgina yangi mehmonlarning tashrifi uchun tuzatiladi. Ertalabki osh odatda ko`pi bilan bir yarim-ikki soat davom etadi. Shu vaqt mobaynida taklif etilgan artistlar qo`shiq aytadilar. Ertalabki osh tugaganidan keyin faxriy mehmonlarga sovg`alar – odatda choponlar (milliy erkak to`nlari) beriladi. Aza paytidagi ma`raka oshi shu bilan farq qiladiki, mehmonlar dasturxonga o`tirganlarida Qur`on suralarini o`qiydilar va o`lgan odamni xotirlaydilar. Ovqat tugaganda ham Qur`on suralari o`qiladi. Ma`raka oshida artistlar chaqirilmaydi, dasturxon bayram to`y oshiga qaraganda kamtarroq bezatiladi. Shuni aytib o`tish lozimki, bayram to`y oshi va ma`raka oshida faqat erkaklar xizmat qilib yuradi.

To’yda xalqimizning milliy xarakteri, o’zligi tor ma’noda aks etadi. Lekin to’ylar xalqimizninig ma’naviy yuksalishida qanchalik ijobiy rol o’ynamasin, uni o’tkazish bilan bog’liq ba’zi ortiqcha rasm-rusumlar, odat tusiga kirib borayotgan sun’iy udumlar jamiyatimizning rivojlanishiga, oila barqarorligini ta’minlashda salbiy ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Jumladan ba’zilarning mehnatsiz topgan boyliklari, ba’zilarning esa bola-chaqasini yaxshi yedirmaslik, kiyintirmaslik evaziga tejalgan mablag’ hisobiga katta miqdorda qarz olishi, oila byudjetida mavjud mablag’ni to’liq sarf qilish hisobiga yoki ba’zi kimsalarning halol mehnatsiz qing’ir yo’llar bilan topilgan boyliklari evaziga yetti iqlimga nomi ketgan dabdabali to’y o’tkazishga intilishlari bozor munosabatlari sharoitida soxta boyvachchalikdan o’zga narsa emas. Soxta obro’ orttirish uchun o’zini unutish hech kimga shon-shuhrat keltirmagan, keltirmaydi ham.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz