Hazrati imom maqbarasi

Hazrati imom maqbarasi

Hazrati imom maqbarasi – Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Dorus-siyodat meʼmoriy yodgorligi tarkibidagi Jahongir Mirzo maqbarasi Hazrati imom maqbarasi  nomi bilan mashhur. Dastlab sardoba, keyinroq ustiga toʻrtburchak tarhli ziyoratxona tiklangan, tashqi tomonda kichik peshtoq ham boʻlgan. Hazrati imom maqbarasi yangi madrasa pesh-togʻi bagʻrida qolib ketgan, maqbara qaddini rostlash uchun ziyoratxona tepasi qoʻshimcha devor orqali ancha baland koʻtarilgan va ustiga yangi kulohsimon choʻqqi gumbaz oʻrnatilgan. Arxeologik tadqi-qotlar vaqtida maqbaradan 3 ta jasad topilgan. Sharafuddin ali Yazdiy “Za-farnoma”sida Keshda yashagan Buxoro va Samarqandlik mashhur imomlar orasida Hazrati Imom nomi bilan mashhur Abu Muhammad al-Kashshiyni tilga olgan. Amir Temur ajdodlari xilxonasi yaqinida shu imomning qabri boʻlgan (lekin qabr saqlanmagan). Hazrati Imom nomi yangi bunyod etilgan oliy madrasa — Dor ussiyodat qoldiqlariga koʻchib qolgan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz