Kuvaytda O’zbekiston madaniyat kunlari

OUyzS84oRvCTD0LGtzPDyFp5VsxqMRLX

17 dekabr kuni Al-Kuvayt shahrida O’zbekiston madaniyat kunlarining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Kuvaytda O’zbekiston madaniyati kunlari rasmiy ochilish marosimi soat 10.00da davlat madhiyalari va Quroni Karimdagi oyat bilan boshlandi. Oldindan tayyorlangan maxsus dasturga muvofiq, tadbirni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari O.Nazarbekov ochib berdi.

O’zbekiston madaniyat kunlarining ochilishi O’zbekistonni madh etuvchi fotoko’rgazmalar namoyishi bilan Kuvayt Davlati markazidagi «Al-Advaniya» galereyasida boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, ko’rgazma zali markaziga yirik o’lchamdagi banner, davlat bayroqlari va davlat rahbarlarining portretlari o’rnatilgan.

457451

Tashkil etilgan ko’rgazma asosan 5 qismdan iborat: O’zbekiston – Islom ma`rifati va allomalar yurti; Xalq hunarmandchiligi va amaliy san`ati buyumlari namoyishi (xattotlik, yog’och o’ymakorligi, miniatyura, kandakorlik, kashtachilik, atlas va adras); O’zbekistonning sayyohlik salohiyati (15 turdagi maxsus buklet, videoroliklar namoyishi); O’zbekiston tarixi va bugungi jadal taraqqiyotini yorqin aks ettiruvchi fotoko’rgazmalar namoyishi o’tkazildi.

Tadbirda Kuvayt Madaniyat, san`at va adabiyot milliy kengashi bosh kotibi Ali Husayn al-Yuha (lavozimiga ko’ra – vazir) va uning vakillari, shuningdek, Kuvayt davlatidagi O’zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom A`loyev hamda elchixona xodimlari qatnashdi.

Ko’rgazmaning har bir bo’limi, ayniqsa, xattotlik hamda xalq hunarmandchilik buyumlari, O’zbekiston madaniy merosi Ali Husayn al-Yuha va tadbirning boshqa ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi. Masalan, xattot Habibullo Solih mehmonlar ishtirokida O’zbekistonda saqlanayotgan muborak Usmon Mus`hafining birinchi sahifasi (Fotiha sur`asini) xattotlik san`ati asosida yozib berdi, ushbu yozilgan san`at asarini O’zbekiston madaniyat kunlaridan esdalik sovg’asi sifatida “Ali Husayn al-Yuhaga taqdim etdi.

Shuningdek, yog’och o’ymakorlik mahsulotlari namoyishida Lavh, uning maqsadi va undan foydalanish ishlari tadbirning har bir ishtirokchisini qiziqtirdi. Ali Husayn al-Yuha va ko’p davlatlarning elchilari undan o’zlari uchun tadbirdan esdalik sifatida oldilar. Fotoko’rgazmadan joy olgan har bir fotosurat mehmonlarning diqqatini o’ziga jalb etdi, ayniqsa, Registon majmuasi va Ichan qal`a ishtirokchilarning O’zbekistonga bo’lgan qiziqishini keskin oshirdi. Tadbir davomida o’zbek san`at ustalari tomonidan mashhur milliy kuylar jonli ijro etildi. O’zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov g’ijjakdagi yuksak mahorat bilan ijro etgan musiqasi bilan barchani shaydo etdi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz