Mahallangiz tarixini bilasizmi?

8_1_-1

Gulistonda “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

– Tanlovning viloyat bosqichida 11 jamoa ishtirok etdi, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisi o‘rinbosari S.O‘dayeva. – Yoshlarning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashini kengaytirish va bilimini boyitishda bunday tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishtirokchilar o‘z mahallasi tarixini yaxshi bilishini namoyish etdi. Bugungi yoshlar o‘z mahallasi, unda yillar davomida sayqal topib kelayotgan an’ana va qadriyatlar haqida juda ko‘p ma’lumotga ega ekani g‘oyat quvonarlidir.

Tanlovda Guliston tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inining “Do‘stlik” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Xovos tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inining “O‘zbekiston yoshlari” jamoasi ikkinchi, Sirdaryo tumanidagi “Oq yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oq yo‘l yoshlari” jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz