Musavvirning «Anorli bog‘»i tomoshabinni xayolotga undaydi

10_5_Toshkent Fotosuratlar uyida namoyish etilayotgan “Mening anorli bog‘im” nomli suratda rassom Hikmat Jalilov ona Vatanga, yurtimiz ahliga bo‘lgan mehr-muhabbatini o‘ziga xos tarzda tasvirlagan.

Musavvirning “Angren tog‘lari”, “Qizil tog‘lar”, “Bahor”, “Anor sharbati”, “So‘qoq qo‘shig‘i”, “Qorli tog‘lar”, “Tandir”, “Farishtalar parvozi”, “Tonggi Xiva”, “Kun va tun” kabi suratlaridagi tasavvur va ranglar uyg‘unligini ko‘rib, dilingiz yanada yorishadi. Bu san’at olamiga shaydo bo‘lib, ijodkorga tahsinlar aytgingiz keladi…

Taniqli rangtasvirchi rassom, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Hikmat Jalilovning “Rassom dunyosi” shaxsiy ko‘rgazmasiga kelgan har bir ijodkor va muxlisning ko‘nglidan ana shu hayajon o‘tgan bo‘lsa, ajab emas.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi A.Mirzayev va boshqalar rassomning ranglar jilosi, psixologik muhit holati va xayolotning badiiy obrazlardagi ifodasini katta mahorat bilan san’at ixlosmandlariga yetkaza olish mahorati xususida so‘z yuritdi.

Hikmat Jalilov 1956-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Iqtidorli rassom mamlakatimizda va xorijiy mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda muntazam qatnashib keladi. U 2000-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni va O‘zbekiston Badiiy akademiyasining kumush medali bilan taqdirlangan.

Ko‘rgazmada muallifning yetmishga yaqin asari muxlislar e’tiboriga havola etilgan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz