O’zbek so’mi

O'zbek so'mi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining millim valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida”gi 1994 yil 16 iyundagi farmoni bilan 1994 yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan.

Muomalaga 1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻmlik, 1997-yil 1-martdan 200 soʻmlik, 2000-yil 1-iyuldan 500 soʻmlik, 2001-yil 1-sentabrdan 1000 soʻmlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50, 100, 500 soʻm qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan.

Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisobkitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasining markaziy banki amalga oshiradi.

1 soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin (1tiyin = 1/100 soʻm), hamda 1, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir.

2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.

2013-yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.

 Bir so’mlik pulning ko’rinishi: bir-som

Uch so’mlik pulning ko’rinishi:
uch-somlik

Besh so’mlik pulning ko’rinishi:besh-somlik
O’n so’mlik pulning ko’rinishi:on-som
Yigirma besh so’mlik pulning ko’rinishi:
yigirma-besh
Ellik so’mlik pulning ko’rinishi:
ellik-som
Yuz so’mlik pulning ko’rinishi:
yuz-somlik
Ikki yuz so’mlik pulning ko’rinishi:
ikki-yuz-som
Besh yuz so’mlik pulning ko’rinishi:
besh-yuz-sum

Ming so’mlik pulning ko’rinishi:mingsumlik
Besh ming so’mlik pulning ko’rinishi:
beshminglik

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz