O‘zbekistonlik 4 nafar yunon-rum kurashchisi Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Adigeya Respublikasida yunon-rum kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan 4 nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Rio–2016 Olimpiaada ishtirokchisi, bir necha karra Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon vitse-chempioni Rustam Assakalov -98 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ilhom Bahromov (-59 kg), Aram Vardanyan (-66 kg) va Mo‘minjon Abdullayev (-130 kg)xalqaro xotira turnirining bronza medali bilan taqdirlandi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz