TATUda dasturiy va texnik ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

u4fq0ZqLDvcNAbyxM9pUj_3atIAzme9v

2016 yilning 3 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “2016 yilda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 200dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, 33ta axborot tizimlari ishlanmalari, 11ta veb-sayt, 55ta dasturiy ishlanma, 20ta apparat ishlanmalar, 44ta texnik ishlanma, 21ta kompyuter o’yin dasturlari va 19ta mobil ilovalardan iborat ishlanmalar namoyish etildi.

1

Ko’rgazma yakunida ishlanmalar mualliflari 5 ta: “Eng yaxshi loyiha dizayni”, “Eng yaxshi veb-ishlanma”, “Eng yaxshi Android ishlanma”, “Eng yaxshi Windows ishlanma”, “Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” nominatsiyalari bo’yicha tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg’alar (1-o’ringa Acer plansheti, 2-o’ringa Android One smartfoni , 3-o’ringa Hard Disk) bilan taqdirlandi. Jumladan,

“Eng yaxshi loyiha dizayni” nominatsiyasiga:

1-o’ringa “Tarixiy va zamonaviy binolarning 3D modeli” (A.Baxromov) loyihasi;

2-o’ringa “Zaryadlovchi poyabzal” (I.Mirzaev) loyihasi;

3-o’ringa “Ravon Racing” (E.Sattorov, M.Mirobidov) loyihasi;

“Eng yaxshi veb-ishlanma”

1-o’ringa “Tashrif.uz” (R.Ramazanov, S.Zokirov) ishlanmasi;

2-o’ringa “Onlayn test tizimi” (Sh.Qambaraliev) ishlanmasi;

3-o’ringa “emp.tuit.uz” (R.Faxrutdinov) ishlanmasi;

“Eng yaxshi Android ishlanma” nominatsiyasiga:

1-o’ringa “Secure SMS” (J.Odilov) ishlanmasi;

2-o’ringa “My.tuit.uz” (M.Nuriddinova) ishlanmasi;

3-o’ringa “learn words” (A.Ibragimov, A.Suyunov) ishlanmasi;

“Eng yaxshi Windows ishlanma” nominatsiyasiga:

1-o’ringa “3D ob’ekt” (X.Xo’jamatov) ishlanmasi;

2-o’ringa “Ur to’qmoq” (S.Xalilov, N.Baltabaev) ishlanmasi;

3-o’ringa “English for kids” (J.Xoshimov) ishlanmasi

“Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” nominatsiyasiga:

1-o’ringa “Elektron kalit” (M.Qo’chqorov) ishlanmasi;

2-o’ringa “DЕNTA (robot)” (M.Yoriqulov) ishlanmasi;

3-o’ringa “SKUD sistema” (I.Alyabev) ishlanma lari loyiq deb topildi.

Ushbu tashrif.uz sayti “Eng yaxshi veb-ishlanma” yo’nalishida birinchilikni olib maxsus sertifikat va android one smartfonini qo’lga kiritdi.

 

Tashrif.uz saytining mehmonlariga minnatdorchilik bildiramiz!

 

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz